Zomin milliy tabiat bog'i

Zomin milliy tabiat bog‘ining O‘riklisoy aylanma hududi bo‘ylab joylashgan bir nechta muhim ob’ektlarda ilmiy xodimlar tomonidan zamonaviy fotoqopqonlar o‘rnatildi. Ushbu tadqiqot ishlari hududda yashovchi yovvoyi hayvonlar faunasini o‘rganish, ularning turlari, soni va harakat faolligini aniqlash hamda tabiiy muhitdagi o‘zgarishlarni ilmiy asosda monitoring qilish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Fotoqopqonlar orqali to‘plangan ma’lumotlar yovvoyi hayvonlarning yashash muhiti, migratsiya yo‘nalishlari va kundalik faollik davrlarini tahlil qilish imkonini beradi. Olingan natijalar kelgusida biologik xilma-xillikni saqlash, muhofaza tadbirlarini samarali rejalashtirish hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.

Bizni kuzatib boring.
Telegram | Instagram | YouTube