Hurmatli Vatan himoyachilari!
Sizlarni Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz!
Vatan tinchligi, xalq osoyishtaligi va yurtimiz xavfsizligini ta’minlash yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilayotgan siz azizlar nafaqat Qurolli Kuchlar safida, balki milliy tabiat bogʻi hududida qo‘riqlash va muhofaza qilish borasida ham yuksak mas’uliyat, sadoqat va matonat namunasini ko‘rsatib kelmoqdasiz. Sizlarning tabiat boyliklarini asrash, qonun ustuvorligini ta’minlash va kelajak avlod uchun bebaho merosni saqlab qolish yo‘lidagi xizmatlaringiz har qanday tahsinga loyiqdir.
Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, xizmat faoliyatingizda ulkan zafarlar, tinch-osuda va farovon hayot tilaymiz. Doimo yurtimiz ravnaqi, tabiatimiz musaffoligi va xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida bardavom bo‘ling!
Hurmat bilan :
Zomin milliy tabiat bogʻi
