Zomin milliy tabiat bog'i

Zomin milliy tabiat bogʻi hududida yovvoyi hayvonlar populyatsiyasini o‘rganish va monitoring qilish maqsadida kuzgi hayvonlar sanog‘i ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu tadbirda ilmiy hamkorlikni kuchaytirish maqsadida Zomin davlat qo‘riqxonasi ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari hamda Nurota davlat qo‘riqxonasi ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari  faol ishtirok etmoqda.

Tadbirning ikkinchi kunida Ettikechuvsoy hududida fotoqopqonlar qoyildi va yangi obektlar organildi. Ushbu usul yovvoyi hayvonlarning soni, ularning harakatlanish yo‘nalishlari va faoliyat davrlarini aniqlashda muhim ilmiy manba bo‘lib xizmat qilmoqda.