Zomin tuman tabiatni muhofaza qilish Ekoprokuraturasi tashabbusi bilan, Zomin milliy tabiat bogʻi va Zomin davlat oʻrmon xoʻjaligi hamkorligida navbatdagi tozalik aksiyasi tashkil etildi.
Tadbir davomida Zomin tuman markazidan milliy bogʻ hududigacha bo‘lgan yo‘l bo‘yi chiqindilardan tozalandi. Shu bilan birga, tumandagi barcha ovqatlanish maskanlari, mehmonxonalar, mahalliy tashkilotlar va xonadon egalari ham o‘z atroflarida tozalik ishlarini olib borib, aksiyada faol ishtirok etdilar.
Mazkur tashabbus nafaqat hududni obodonlashtirish, balki aholining ekologik madaniyatini yuksaltirishga, tabiatga e’tibor va mehrni kuchaytirishga xizmat qildi. Natijada hudud yanada chiroyli qiyofa kasb etdi, sayyohlar va mahalliy aholi uchun yanada qulay muhit yaratildi.
👉 Tabiat – barchamizga omonat. Uni asrash esa kelajak avlod oldidagi muqaddas burchimizdir!