7-dekabr kuni Zomin milliy tabiat bog‘ida 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Zomin milliy tabiat bog‘i ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari X. Xazratqulov hamda Ekologiya partiyasi Zomin tuman kengashi deputati Safarov Yorbek boshchiligida o’tkazildi.
Deputat Safarov Yorbek ekologiya sohasida olib borilayotgan davlat siyosati, konstitutsiyaviy islohotlar va ekologik muhofazaning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi. Shuningdek, tabiatni asrash, biologik xilma-xillikni saqlash va fuqarolarda ekologik madaniyatni oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir yakunida direktor o‘rinbosari jamoa oldida Konstitutsiya kunining ahamiyatini qayd etib, bog‘ xodimlarini mas’uliyatli va ekologik madaniyat bilan faoliyat yuritishga chorladi.





