2025-yil 23–24-sentabr kunlari O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi davlat muassasalari bilan hamkorlikda Zomin milliy tabiat bog‘ida keng qamrovli tasvirga olish ishlari olib bordi.
Ushbu jarayon davomida milliy bog‘ning tabiiy go‘zalligi, noyob o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda hududdagi turizm ob’ektlari ob’ektivga muhrlandi. Xususan, milliy bog‘ hududida joylashgan ekologik yo‘laklar, obektlarni batafsil yoritildi.
Zomin — o‘zining musaffo havosi, yuksak tog‘lari, betakror manzaralari bilan mamlakatimizda “O‘zbekistonning tog‘li yuragi” sifatida e’tirof etilib kelmoqda. Shu bois, mazkur teleloyihalar orqali nafaqat ichki, balki xorijiy sayyohlar uchun ham milliy bog‘ning jozibadorligini targ‘ib qilish rejalashtirilgan.