Toshkent davlat agrar universitetining 95 yilligi hamda Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutining 6 yilligi munosabati bilan Zomin milliy tabiat bogʻida “Oltin kuz” I xalqaro tasviriy va amaliy san’at agro festivali oʻtkazilmoqda.
Mazkur festival 22–23 sentyabr kunlari boʻlib oʻtadi. Unda mahalliy va xorijiy rassomlar ishtirok etib, ona tabiatning betakror moʻjizalarini moʻyqalam orqali tasvirlaydilar.
Festival nafaqat san’at ixlosmandlari, balki tabiatsevarlar uchun ham unutilmas voqea boʻlib, inson va tabiat uygʻunligini badiiy asarlar vositasida namoyon etadi.