Zomin milliy tabiat bogʻi hududida yovvoyi hayvonlar populyatsiyasini o‘rganish va monitoring qilish maqsadida kuzgi hayvonlar sanog‘i ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu tadbirda ilmiy hamkorlikni kuchaytirish maqsadida Zomin davlat qo‘riqxonasi ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Turatov Quvonchbek hamda Nurota davlat qo‘riqxonasi ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Shokirov Komiljon faol ishtirok etmoqda.
Tadbirning dastlabki kunida O‘riklisoy hududida o‘rnatilgan fotoqopqonlar yig‘ilib, dastlabki tahlillar o‘tkazildi. Ushbu usul yovvoyi hayvonlarning soni, ularning harakatlanish yo‘nalishlari va faoliyat davrlarini aniqlashda muhim ilmiy manba bo‘lib xizmat qilmoqda.
Kuzgi hayvonlar sanog‘i natijalari keyinchalik Zomin milliy tabiat bog‘i va unga tutash tabiiy hududlarda bioxilma-xillikni saqlash, noyob va yo‘qolib borayotgan hayvon turlarini muhofaza qilish.