Zomin milliy tabiat bog'i

Tashrif uchun ruxsatnoma

Ruxsatnoma narxlari

Turistik ruxsatnoma: 1 kishiga — 20 600 so‘m.

  • Nogironligi bo‘lgan shaxslar
  • Bolalar (maktab yoshigacha)
  • Oʻzlarining tabiat bilan bogʻliq tegishli dasturlari boʻyicha davlat oʻrmon fondi uchastkalaridan foydalanadigan maktabgacha taʼlim muassasalarining tarbiyachilari va tarbiyalanuvchilari, umumtaʼlim muassasalarining oʻqituvchi va oʻquvchilari, oʻrta maxsus, kasb-hunar hamda oliy taʼlim muassasalarining oʻqituvchilari va talabalari;
  • 1941 — 1945-yillardagi urush oqibatida nogironligi boʻlgan shaxslar va urush qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar;
  • Atom obyektlaridagi halokatlar oqibatida kelib chiqqan yuqori radiatsiya nurlanishi bilan bogʻliq nurlanish kasalligiga va boshqa kasalliklarga yoʻliqqan yoki ularni boshidan kechirgan shaxslar.
  • “Mehribonlik” uylari va “Muruvvat” bolalar internat-uylari tarbiyalanuvchilari;
Ushbu toifalar bepul yoki chegirma bilan kirish huquqiga ega.
Amal qilish muddati
  • Turistik, imtiyozli va aholi punktlariga tashrif ruxsatnomasi
    1 kun muddatga beriladi.
  • Boshqa maqsadlarda tashrif uchun ruxsatnoma
    muddat bog‘ ma’muriyati tomonidan individual ravishda belgilanadi.

* Ruxsatnomalar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan belgilangan tartib asosida beriladi.

 

To‘lov usullari

Ruxsatnoma uchun to‘lovlar Zomin milliy tabiat bog‘i hududida joylashgan ruxsatnoma berish kassalarida yoki rasmiy bank o‘tkazmalari orqali amalga oshiriladi.

  • Naqd pul — bilan to‘lash.
  • UzCard / HUMO — milliy bank plastik kartalaridan foydalangan holda to‘lov.
  • VISA / MasterCard — xalqaro plastik kartalar orqali to‘lov.
  • Naqd pulsiz shaklda — tashkilot bilan shartnoma tuzish orqali rasmiy hisob raqamdan to‘lov amalga oshiriladi.
To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, ruxsatnoma joyida beriladi.