Zomin milliy tabiat bog'i

Tashrif qoidalari

1. Kirish tartibi

Bog‘ hududiga kirish ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
Turistik ruxsatnoma narxi — 20 600 so‘m (1 kishiga).
Imtiyozli toifadagilar va milliy bog‘ hududidagi aholi uchun kirish bepul.

2. Tabiatni muhofaza qilish

Axlat tashlash, daraxt yoki o‘simliklarga zarar yetkazish taqiqlanadi.
Olov yoqish qat’iyan taqiqlanadi.
Hayvonot dunyosiga zarar yetkazish, ov qilish yoki hayvonlarni bezovta qilish ham man etiladi.

3. Xavfsizlik qoidalari

Tashrif buyuruvchilar belgilangan yo‘laklardan chiqmasliklari kerak.
Bolalar faqat kattalar nazorati ostida yurishlari mumkin.
Tog‘li hududlarda yoki noqulay ob-havo sharoitida ehtiyot choralariga amal qiling.

4. Ruxsat etilgan faoliyatlar

Foto va video suratga olish bog‘ ma’muriyati tomonidan belgilangan joylarda amalga oshiriladi.
Ekoturizm yo‘laklarida piyoda sayr qilish, dam olish va sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazish mumkin.
Guruhli tashriflar uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish tavsiya etiladi.

5. Ma’muriyat bilan aloqa
  • Telefon: +998 (93) 301-54-64, +998 (72) 224-66-33
  • Elektron pochta: zomin.bog@urmon.uz
  • Manzil: Zomin tumani, Bog‘ishamol MFY, Bog‘ishamol ko‘chasi