Zomin milliy tabiat bog'i

Tuprog’i

Hududdagi fizik-geografik omillar, geomorfologik tuzilish, iqlim va relyefning dengiz sathidan balandlik bo‘yicha o‘zgarishi natijasida turli tuproq turlari shakllanadi. Bu tuproqlar bio-iqlim zonalariga mos landshaft turlarini hosil qiladi.

Zomin milliy tabiat bog‘i hududida quyidagi asosiy tuproq turlari uchraydi:

  • Adir zonasida — to‘q jigarrang tuproqlar;

  • Subadir mintaqasida — och jigarrang tuproqlar;

  • Tog‘ o‘rmonlari hududida — o‘rmon va siyrak o‘rmon tuproqlari;

  • Baland tog‘larda — subalp (baland tog‘li) tuproqlar.

Ichki kontinental iqlim va cho‘lga yaqin sharoit tuproq qoplamining xilma-xilligini belgilaydi.

Shimoliy qiyaliklarda zonallik aniq namoyon bo‘lsa, janubiy qiyaliklarda iqlimning quruqligi sababli vertikal zonalar to‘liq shakllanmagan.

Shu bois shimoliy yonbag‘irlar asosan alluvial-gidromorf, janubiy yonbag‘irlar esa alluvial-kseomorf tuproqlarga ega.

Biologik omillar, tuproq hosil qiluvchi jinslar va relyef burmalari Zomin yerlari shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Jilgalarga yaqin hududlarda suv oqimi kuchli bo‘lgani sababli oziqa va namlik miqdori kamayadi, bu esa o‘simlik qoplamining siyraklashishiga olib keladi.

Tuproqning asosiy morfologik xususiyatlari tog‘ jinslarining xilma-xilligi, eroziya jarayonlari, suv oqimi va tog‘ tizmalari joylashuvi bilan belgilanadi.

Yerlar buzilish, tiklanish va yangilanish bosqichlarini o‘tadi.

Qoyalarning yemirilishi natijasida hosil bo‘lgan mustahkam tuproqlarda o‘simliklarning qayta shakllanishi kuzatiladi.