Zomin milliy tabiat bog'i

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar departamenti  Zomin milliy tabiat bog‘i ma’muriyati tomonidan 2025-yil 22–23-avgust kunlari “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Mazkur tadbir Zomin milliy tabiat bog‘i idorasi xodimlari va o‘rmon inspektorlari ishtirokida amalga oshirilmoqda. Hashar davomida hududni obodonlashtirish, daraxt va butalarni parvarish qilish, chiqindilarni tozalash hamda ekologik muhitni yaxshilashga qaratilgan bir qator ishlar bajarilmoqda.

Tadbirning asosiy maqsadi — tabiatni asrash, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda aholi o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha mas’uliyatni oshirishdir.

🇺🇿 Zomin Milliy Tabiat Bog‘i matbuot xizmati: