Zomin milliy tabiat bog'i

Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining tasdiqlangan rejasi asosida, 2025-yil 26-avgust kuni Zomin tumanida joylashgan O‘rmon yong‘inlarini bartaraf etishga ixtisoslashtirilgan yong‘in-qutqaruv otryadi shaxsiy tarkibi ishtirokida Zomin davlat qo‘riqxona hududida amaliy-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mazkur mashg‘ulotlarda Ichki ishlar boshqarmasi, Avtomobil yo‘llari boshqarmasi, Milliy tabiat bog‘i ma’muriyati, O‘rmon xo‘jaligi, Qo‘riqxona hamda Sog‘liqni saqlash boshqarmasi vakillari hamkorlikda ishtirok etdi.

Tadbir davomida: favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularning oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish hamkorlik va hamjihatlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🇺🇿 Zomin Milliy Tabiat Bog‘i matbuot xizmati: