Zomin milliy tabiat bogʻi hududida yong‘in xavfini kamaytirish, mavjud xavf nuqtalarini aniqlash va bartaraf etish maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi ilmiy xodimlari hamda milliy bog‘ning ilmiy bo‘lim va Ёнгинни олдини олиш мухандиси mutaxassislari hamkorligida keng qamrovli ilmiy-amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Mazkur mashg‘ulotlar doirasida o‘rmon va yaylov hududlarida yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan zonalar bo‘yicha monitoring ishlari olib borildi. Mutaxassislar tomonidan o‘rmonzorlarda to‘plangan quruq o‘simlik qoldiqlari, shamol ta’sirida tez alangalanishi mumkin bo‘lgan butalar hamda tabiiy yonuvchan moddalarning miqdori o‘rganildi.
Ilmiy izlanishlar jarayonida GIS (Geografik Axborot Tizimi) texnologiyalaridan foydalanib, so‘nggi yillarda sodir bo‘lgan yong‘in nuqtalarining koordinatalari aniqlanib, ular bo‘yicha yong‘in tarqalish dinamikasi tahlil qilindi. Bundan tashqari, yuqori haroratli mavsumda xavfni oshiruvchi meteorologik omillar – harorat, namlik darajasi va shamol tezligi bo‘yicha ma’lumotlar yig‘ildi.
Mashg‘ulot davomida:
Yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan hududlarda keskin choralarni ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
Yong‘inga qarshi mineralizatsiyalangan yo‘laklar yaratish va ularni muntazam yangilab borish zarurligi ta’kidlandi.
Mahalliy aholining ekologik madaniyatini oshirish, yong‘in xavfi mavsumlarida profilaktik tushuntirish ishlarini kuchaytirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqildi.
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, zamonaviy yong‘in xavfsizligi choralarini qo‘llash, masofaviy monitoring tizimlarini joriy etish hamda tabiatni muhofaza qilish bilan bog‘liq profilaktik ishlarni tizimli ravishda olib borish o‘rmon yong‘inlarining oldini olishda muhim omildir.
🇺🇿 Zomin Milliy Tabiat Bog‘i matbuot xizmati: