Zomin milliy tabiat bog‘ining Ilmiy bo‘limi hududning biologik resurslarini o‘rganish, monitoring qilish, muhofaza qilish va ekologik jarayonlarni ilmiy asoslangan boshqaruvini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan tarkibiy tuzilma hisoblanadi. Bo‘lim faoliyati tabiiy ekotizimlarning barqarorligini saqlash, ularning holatini ilmiy kuzatish, ilmiy-tadqiqotlar olib borish va ekotizimlardan oqilona foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga qaratilgan.
Ilmiy bo‘limning maqsadi
Ilmiy bo‘limning asosiy maqsadi — Zomin milliy tabiat bog‘i hududida biologik xilma-xillikni saqlash, tabiiy resurslarning holatini ilmiy asosda baholash, xavfsiz boshqaruv choralarini ishlab chiqish hamda ilmiy-tadqiqotlar natijalaridan tabiatni muhofaza qilish jarayonida foydalanishni ta’minlashdir.
Ilmiy bo‘limning maqsadi
Ilmiy bo‘limning asosiy maqsadi — Zomin milliy tabiat bog‘i hududida biologik xilma-xillikni saqlash, tabiiy resurslarning holatini ilmiy asosda baholash, xavfsiz boshqaruv choralarini ishlab chiqish hamda ilmiy-tadqiqotlar natijalaridan tabiatni muhofaza qilish jarayonida foydalanishni ta’minlashdir.
Ilmiy bo‘lim tarkibi
Ilmiy bo‘lim quyidagi lavozimlardan iborat:
- Ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari — bo‘lim faoliyatini boshqaradi, ilmiy yo‘nalishlarni belgilaydi, tadqiqot va monitoring dasturlarini muvofiqlashtiradi, ilmiy loyihalar hamda hamkorlikni tashkil etadi.
- Ilmiy kotib — ilmiy hujjatlar, bayonnomalar va hisobotlarni yuritadi, ilmiy kengash faoliyatini tashkillashtiradi, bilimlar bazasini shakllantiradi.
- Ekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha mutaxassis — ekoturizm yo‘nalishlarini ilmiy asosda ishlab chiqadi, turizmning ekologik yuklamasini baholaydi va barqaror ekoturizm bo‘yicha takliflar tayyorlaydi.
Ilmiy bo‘limning asosiy vazifalari
1. Biologik resurslarni o‘rganish va monitoring
- Hududdagi o‘simlik va hayvonot dunyosini muntazam monitoring qilish.
- Kamyob va yo‘qolib borayotgan turlarni o‘rganish va ro‘yxatga olish.
- Ekotizimdagi o‘zgarishlar va ekologik xavflarni ilmiy tahlil qilish.
2. Tabiiy resurslarni muhofaza qilish bo‘yicha ilmiy asoslar ishlab chiqish
- Hududni muhofaza qilish rejimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar tayyorlash.
- O‘rmon ekotizimlarini tiklash, tabiiy muvozanatni saqlash bo‘yicha ilmiy tavsiyalar berish.
- Ta’sir omillarini baholash va barqaror boshqaruv choralarini ishlab chiqish.
3. Ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish
- Biologiya, ekologiya va geobotanika yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish.
- Ilmiy ekspeditsiyalar va dala tadqiqotlarini tashkil etish.
- Ilmiy maqolalar, hisobotlar va ilmiy-uslubiy materiallar tayyorlash.
4. Ekoturizmni ilmiy asoslangan rivojlantirish
- Ekoturistik yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy tahlillar o‘tkazish.
- Turistik yuklama darajasini baholash va ekologik barqarorlikni ta’minlash.
- Barqaror ekoturizm modeli bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish.
5. Ilmiy hujjatlashtirish va axborot bazasi
- Ilmiy hisobotlar va monitoring ma’lumotlarini yig‘ish va tizimlashtirish.
- Tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish, arxivlashtirish va ma’lumotlar bazasini yuritish.
- Ilmiy ma’lumotlarni tegishli tashkilotlar va hamkorlarga yetkazish.
Ilmiy hamkorlik
Ilmiy bo‘lim respublika va xalqaro ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy ta’lim muassasalari, Ekologiya vazirligi hamda tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari bilan hamkorlikda ishlaydi. Ushbu hamkorlik ilmiy tajriba almashish, qo‘shma loyihalar, monitoring dasturlari va ilmiy ekspertiza jarayonlarini o‘z ichiga oladi.