Zomin milliy tabiat bog'i

🌍✨ Zomin milliy tabiat bogʻida “Butun jahon tozalik kuni” aksiyasi ✨🌿

Zomin milliy tabiat bogʻi xodimlari hamda Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Zomin tuman kengashi vakillari hamkorligida “Butun jahon tozalik kuni” munosabati bilan keng koʻlamli tozalik aksiyasi oʻtkazildi.

Aksiya davomida milliy bogʻ hududi boʻylab chiqindilar yigʻishtirildi, ekologik madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan targʻibot-tashviqot ishlari olib borildi. Tadbir nafaqat hududni obodonlashtirishga, balki aholi va yoshlar orasida tabiatni asrash, ekologik mas’uliyatni oshirish ruhini shakllantirishga xizmat qildi. 🌱

Mazkur sa’y-harakatlar orqali Zomin milliy tabiat bogʻi yanada pokiza, sayyohlar uchun qulay va goʻzal manzilga aylandi. 🌳💚

🇺🇿 Zomin Milliy Tabiat Bog‘i matbuot xizmati