Bugungi kunda turizm nafaqat sayohat, balki xalqlarni yaqinlashtiruvchi, tabiatni asrab-avaylashga undovchi va yangi imkoniyatlar eshigini ochuvchi soha sifatida e’tirof etilmoqda.
Zomin milliy tabiat bog‘i ekoturizm bo‘yicha mutaxassisi sifatida men ushbu bayram bilan barcha sayohat ixlosmandlari, hamkasblar va hamkorlarni samimiy muborakbod etaman.
Turizm – bu yangi manzaralar, yangi do‘stlar va unutilmas taassurotlar manbai. Keling, birgalikda tabiatimiz go‘zalligini asraylik, milliy boyliklarimizni dunyoga tanitaylik va kelajak avlod uchun yanada betakror maskanlar qoldiraylik. 🌿🏞️
Barchangizga salomatlik, safarlarda omad va yorqin lahzalar yor bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Olima Tovboyeva
Zomin milliy tabiat bog‘i ekoturizm bo‘yicha mutaxassisi.