Zomin milliy tabiat bog'i

Hayvonot dunyosi

Zomin milliy tabiat bog‘ida 282 dan ortiq umurtqasiz hayvonlar, 30 dan ortiq sutemizuvchilar, 102 dan ortiq qush turlari, 14 dan ortiq sudralib yuruvchilar, 2 tur suvda va quruqlikda yashovchilar (amfibiyalar) hamda 1 tur baliqlar sinfiga mansub hayvonlar uchraydi.

Ular orasida 4 tur sutemizuvchi va 12 tur qush **O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”**ga kiritilgan.

Bu hayvonlar milliy bog‘ning tabiiy ekotizimi barqarorligida, biogeotsenozlar shakllanishida va biologik xilma-xillikni saqlashda muhim rol o‘ynaydi.