Zomin milliy tabiat bog'i

Zomin Milliy Tabiat Bog‘ida Yangi Bosh o‘rmon inspektori lavozimiga tayinlov

Zomin milliy tabiat bog‘ida uzoq yillar davomida sidqidildan xizmat qilib, bosh o‘rmon inspektori lavozimida samarali faoliyat olib borgan Ergashev Biytemir Toshboyevich mehnat faoliyatini yakunlab, munosib ravishda nafaqaga chiqdi. Uning o‘rniga vakant bo‘lgan bosh o‘rmon inspektori lavozimiga tajribali mutaxassis Fayzullayev Sharof Tursunaliyevich tayinlandi.

Bugun Milliy bog‘ jamoasiga yangi bosh o‘rmon inspektori tanishtirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda milliy bog‘ direktori B. Xodjayev so‘zga chiqib, Fayzullayev Sharof Tursunaliyevichning o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi tajribasi va bilimini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, u yangi rahbarning jamoa bilan hamkorlikda olib boradigan ishlari va kelgusidagi rejalar haqida so‘z yuritdi.

Tanishtirish jarayonida o‘rmon nazoratchilari zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalar yana bir bor eslatib o‘tildi. Jumladan, o‘rmonlarni muhofaza qilish, noqonuniy daraxt kesish holatlarining oldini olish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, tabiiy boyliklarni asrab-avaylash bo‘yicha mas’uliyatli va tizimli ish olib borish lozimligi ta’kidlandi.

Direktor B. Xodjayev o‘z so’zida, har bir o‘rmon nazoratchisi xizmat vazifalariga sidqidildan yondashib, vijdonan ishlashi zarurligini qayd etdi. Kelgusida Milliy bog‘ hududida ekologik muhitni sog‘lomlashtirish, bioxilma-xillikni saqlab qolish hamda turizm salohiyatini oshirish bo‘yicha aniq rejalar asosida ishlashni aytib o’tdi .

Tadbir yakunida jamoa a’zolari yangi bosh o‘rmon inspektori Fayzullayev Sharof Tursunaliyevichni samimiy kutib olib, unga ish faoliyatida muvaffaqiyatlar tilashdi.

🇺🇿 Zomin milliy tabiat bogʻi matbuot xizmati