Zomin milliy tabiat bogʻining Etikechuvsoy hududiga oʻrnatilgan fotoqopqon orqali qongʻir ayiq tasvirga olindi. Ushbu noyob holat hududda yovvoyi tabiat barqaror saqlanib qolayotganini koʻrsatadi.
Qongʻir ayiq ekotizimning muhim boʻgʻini boʻlib, uning mavjudligi tabiatning sogʻlomligini anglatadi. Mutaxassislar uchun bunday kuzatuvlar hayvonot olamini oʻrganish va muhofaza choralarini yanada kuchaytirishda muhim ahamiyatga ega.
Mazkur kadrlar Zomin milliy tabiat bogʻida olib borilayotgan tabiatni asrash ishlari samarali ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.
Ijtimoiy tarmoqni kuzating:
Telegram | Instagram | YouTube