Zomin milliy tabiat bogʻi “Sharshara” dam olish maskani hududida joylashgan. Sayyohlarni oʻziga jalb qiladigan asosiy maskanlardan biri hisoblanadi. Sharsharagacha soʻqmoqqa toshdan keng zinaorqali chiqiladi. Zomin milliy tabiat bogʻi tomonidan muhofaza ostiga olinib, hudud toza saqlangan. Bu er togʻ darasida joylashgan boʻlib, majmua oʻrtasidan soy oqqan, ikkita sharshara suvi ham soyga qoʻshiladi. Agar bu ikkita sharshara yuqorisiga yaxshilab qaralsa, suv maxsus quvur bilan keltirilganini sezish mumkin.