Yettikechuvsoy aylanmasi bo‘ylab o‘tkazilgan kuzgi monitoring tadqiqotlari davomida hududda uchraydigan ayrim yirtqich sutemizuvchilarning areali va migratsiya yo‘llari tahlil qilindi. Tadqiqot jarayonida quyidagi turlar qayd etildi:
Bo‘ri (Canis lupus L.) — ekotizimning yuqori trofik pog‘onasida joylashgan, muhim bioindikator tur;
Odatdagi tulki (Vulpes vulpes L.) — keng tarqalgan yirtqich sutemizuvchi, antropogen omillarga nisbatan moslashuvchan;
Monitoring natijalari asosida ushbu turlarning mavsumiy harakatlanish (migratsiya) yo‘llari, oziqa bazasining holati hamda yashash muhitining barqarorlik darajasi tahlil qilindi. Olingan ma’lumotlar kelgusida bioxilma-xillikni saqlash, populyatsiyalarni monitoring qilish va muhofaza choralari samaradorligini baholashda muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.