Zomin milliy tabiat bog'i

7–8 oktabr kunlari Zomin milliy tabiat bogʻining tabiiy meroslarini chuqur o‘rganish maqsadida milliy bog‘ hududi bo‘ylab navbatdagi ilmiy ekspeditsiya tashkil etildi.

Mazkur ilmiy tadqiqot jarayonida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi xodimlari, jumladan Saidafzal Mallaxonov boshchiligidagi mutaxassislar jamoasi ham faol ishtirok etdi.

Ekspeditsiya davomida hududdagi flora va fauna turlari, ularning tabiiy yashash muhitlari, o‘simlik va hayvonot olamidagi o‘zgarishlar bo‘yicha kuzatuvlar olib borildi. Shuningdek, tabiiy muhitni saqlash va ekologik barqarorlikni ta’minlash borasida zarur ilmiy tavsiyalar ishlab chiqildi.

Bunday ilmiy ekspeditsiyalar Zomin milliy tabiat bog‘ining boy biologik xilma-xilligini chuqur o‘rganish, tabiiy merosni asrab-avaylash hamda kelajak avlodlarga sog‘lom ekologik muhitni yetkazish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi. 🌿