Zomin milliy tabiat bog'i

Zomin milliy tabiat bog‘i Sanatoriya aylanmasida ilmiy xodimlar tomonidan hayvonlarning kuzgi monitoring ishlari olib borildi. Tadqiqotlar jarayonida hududga o‘rnatilgan maxsus fotoqopqonlar yordamida qo‘ng‘ir ayiqlarning harakatlanish yo‘nalishlari, kechki va tungi faollik davrlari ilmiy tahlil qilindi.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur hududda 4–5 bosh qo‘ng‘ir ayiq yashayotgani aniqlandi. Fotoqopqonlar orqali qayd etilgan kadrlar nafaqat ayiqlarning tabiiy hayot tarzini o‘rganish, kuzatuvlar nafaqat hayvonlarning soni va yashash hududlarini aniqlashga, balki kelgusida ekoturizmni rivojlantirish hamda yovvoyi tabiatni asrab-avaylash borasida samarali chora-tadbirlar ishlab chiqishga xizmat qiladi.

🌍 Zominning qo‘riqlanayotgan tabiati – bebaho milliy boyligimizdir. Uni asrash esa barchamizning muqaddas burchimizdir.