Zomin milliy tabiat bogʻi ilmiy bo‘limi xodimlari tomonidan o‘rnatilgan fotoqopqonlar navbatdagi kuzatuv jarayonidan so‘ng Zomin sanatoriysi hududlaridan yig‘ib olindi.
📸 Ushbu zamonaviy qurilmalar yordamida hududdagi hayvonot dunyosi, ularning tabiiy xatti-harakatlari va yashash muhiti muntazam qayd etilib, ilmiy tahlillar uchun muhim ma’lumotlar yig‘iladi.
🔬 Olingan ma’lumotlar nafaqat hayvonot olamini o‘rganishga, balki tabiiy muhitni muhofaza qilish, noyob turlarni asrab-avaylashda ham katta ahamiyat kasb etadi.
✨ Tadqiqot ishlari davom etmoqda va ularning natijalari Zomin tabiati haqida yanada boy va qimmatli ilmiy xulosalarni taqdim etadi. 🌿
🇺🇿 Zomin Milliy Tabiat Bog‘i matbuot xizmati: