Zomin milliy tabiat bogʻi hududida fuqoro tomonidan noqonuniy ravishda archa shoxlari kesilgani aniqlangan. Mazkur holat bo‘yicha amaldagi qonunchilik talablari asosida huquqbuzarga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 79-moddasining 1-qismiga muvofiq, BXM 25 baravar huquqbuzarga 10 300 000 (o‘n million uch yuz ming) so‘m miqdorida jarima qo‘llandi.
Shuningdek, tabiatga yetkazilgan zarar miqdori aniqlanib, 164 800 (bir yuz oltmish to‘rt mlng sakkiz yuz) so‘m miqdorida zarar undirish belgilandi.
Mazkur jarima va zarar undirish chorasi qonunchilikka muvofiq amalga oshirilmoqda.
🇺🇿 Zomin Milliy Tabiat Bog‘i matbuot xizmati: