Zomin milliy tabiat bog'i

Zomin milliy tabiat bogʻining Usmonli va Etikechuvsoy hududlarida faoliyat yurituvchi o‘rmon nozirlariga fotoqopqonlarni o‘rnatish va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy-o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. O‘quv jarayonida fotoqopqonlarni tanlash, joylashtirish mezonlari, texnik sozlash, ma’lumotlarni yig‘ish hamda monitoring jarayonida qo‘llash usullari tushuntirildi. Mazkur hududlarda o‘rnatilgan fotoqopqonlar bilan ishlash va ularning muntazam nazoratini olib borish vazifasi bir nafar mas’ul o‘rmon noziriga yuklatildi.

Bizni kuzatib boring.
Telegram | Instagram | YouTube