11-yanvar — Qoriqxonalar va Milliy bog‘lar kuni munosabati bilan Zomin Milliy Tabiat Bog‘i jamoasi tabiatni muhofaza qilish yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan barcha kasbdoshlarni samimiy muborakbod etadi.
Yurtimizning noyob va bebaho tabiiy boyliklarini asrab-avaylash, ularni kelajak avlodlarga butun holda yetkazish yo‘lidagi sharafli va mas’uliyatli mehnatingiz yuksak e’tirofga loyiqdir.
Barchangizga sihat-salomatlik, ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar, bardavom zafarlar va ezgu maqsadlar yo‘lida kuch-g‘ayrat tilaymiz. Tabiatimiz doimo asralgan, yurtimiz esa yashil va obod bo‘lsin!