Zomin milliy tabiat bog'i

Zomin milliy tabiat bog‘i ma’muriyati tomonidan 2026-yil boshida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar hamda yil davomida bajariladigan asosiy vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda bog‘ faoliyatini samarali tashkil etish, mehnat intizomini mustahkamlash, shtatlar jadvalini tartibga solish hamda har bir xodimning aniq xizmat vazifalarini belgilash masalalari muhokama qilindi.
Mazkur yig‘ilish Zomin milliy tabiat bog‘i direktori Xodjayev Bobur Alisherovich rahbarligida o‘tkazildi. Yig‘ilishda ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Hazratqulov Husniddin hamda bosh o‘rmonchi Fayzullayev Sharof ishtirok etdilar.
Yig‘ilish davomida yil davomida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar rejasi tasdiqlanib, xodimlarning xizmat vazifalari va mas’uliyatlari aniq belgilab berildi. Xodimlar faoliyati, mehnat intizomi va xizmat vazifalarining bajarilishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish vazifasi chegara, tartib va kadrlar ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Azimov Sobir Ahmadjonovich kadrlar ishlari bo’yicha mutaxassis Ergashev Abduqodir Biytemirovichlarga yuklatildi.
Shuningdek, yong‘in xavfsizligi holatini doimiy nazorat qilish, profilaktik tadbirlarni tashkil etish va favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha mas’ul etib mutaxassis Mamatqulov Shahobiddin Islomovichga belgilandi. Moliyaviy-xo‘jalik ishlarini yuritish, mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanishni ta’minlash hamda moliyaviy hisobotlar ustidan nazoratni amalga oshirish vazifasi bosh hisobchi Yahshilikova Maftuna Baxodirovna zimmasiga yuklatildi.
Mazkur yig‘ilish natijasida Zomin milliy tabiat bog‘ida yil davomida olib boriladigan ishlar tizimli ravishda tashkil etilishi hamda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ta’minlanishi belgilab olindi.

Bizni kuzatib boring.
Telegram | Instagram | YouTube