Zomin milliy tabiat bogʻining Olmalisoy hududida oʻrnatilgan fotoqopqon orqali jayra (Hystrix indica) qayd etildi. Ushbu hayvon asosan tungi hayot tarzini olib borishi sababli kamdan-kam hollarda ko‘zga tashlanadi.
Olingan tasvirlar Olmalisoy hududi jayra yashashi uchun qulay tabiiy muhitga ega ekanini ko‘rsatadi. Jayra o‘simliklar bilan oziqlanib, ekotizim muvozanatini saqlashda muhim rol o‘ynaydi.
Mutaxassislar fotoqopqonlar yordamida olib borilayotgan kuzatuvlar hududning biologik xilma-xilligini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidlashmoqda.
Bizni kuzatib boring.
