Zomin milliy tabiat bog'i

2025-yil Toshkent Xalqaro Turizm Yarmarkasida Zomin milliy tabiat bogʻi Ekoturizmi

2025-yil 27–29 noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan Toshkent Xalqaro Turizm Yarmarkasi mamlakat turizm sohasi uchun muhim voqea bo‘ldi. Tadbirda Zomin milliy tabiat bog‘ining ekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha mutaxassisi Olima Tovboyeva ham ishtirok etdi.

U Zominning boy tabiati, ekoturistik yo‘nalishlari, ekologik ta’lim dasturlari va sayyohlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, boshqa hududlardan kelgan mutaxassislar bilan tajriba almashib, yangi hamkorlik tashabbuslarini ilgari surdi.

Olima Tovboyevaning ishtiroki Zomin milliy tabiat bog‘ining ekoturizm salohiyatini keng targ‘ib qilish va uni xalqaro maydonda yanada tanitishga xizmat qildi.