Zomin milliy tabiat bog'i

11 dekabr sanasi dunyoda Xalqaro tog’lar kuni sifatida keng nishonlanadi. Ma’lumki, mazkur sana 2003 yilning yanvar oyida BMT Bosh assambleyasining     57- sessiyasi qaroriga binoan tasdiqlangan. Tashkilot Bosh assambleyasi sayyoramizdagi tog’li hududlarni rivojlantirish muammolari va ulardagi aholiga ko’mak berish zaruriyatiga keng omma e’tiborni jalb qilish maqsadida xalqaro hamjamiyatni shu kuni turli tadbirlar o’tkazishga chaqirgan.

Mazkur sana munosabati bilan hafta davomida tog’ ixlosmandlari jamiyatlari ma’rifiy-ko’ngilochar tadbirlarni o’tkazishadi. Ma’lumki, ushbu kunga oid rezolyutsiyada tog’li hududlarni barqaror rivojlantirishga yo’naltirilgan chora-tadbirlarning alohida dolzarbligi qayd etilgan.  Tog’lar quruqlikning to’rtdan bir qismidan ziyod xududni egallaydi va jahonni barqaror iqtisodiy rivojlanishga ilgari surishda muhim o’rin tutadi, shuningdek ular deyarli 10 foiz aholi uchun boshpana hisoblanadi.